Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

“Koʻngil koʻzi” loyihasi

O`zbeksiton Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi  tizimidagi “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga yangi texnika uskunasi keltirildi.

Bu yangi avlod intellektual matbaa mashinasi boʻlib, uni muhtaram Prezidentimizning qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturidan oʻrin olgan “Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasida olib kelindi.

E'tiborli jihati shundaki, mazkur texnika orqali matnlarni Brayl yozuvi asosida istalgan tilga tarjima qilish imkoni mavjud.

U mamlakatimizda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi shaxslarni ilmiy, badiiy, qomusiy, mumtoz, zamonaviy adabiyotlar hamda darsliklar, qoʻllanmalar bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

BAYRAM MUBORAK, AZIZ HAMKASBLAR!

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyida el ardog‘idagi ustoz san’atkorlar – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Saida Rametova hamda Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarovlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadbirda matbaachilik va  noshirlik sohasida ko‘z nuri, qalb qo‘rini ayamay mehnat qilayotgan nashriyot xodimlariga iliq tabriklar, ezgu tilaklar bildirildi.
-  Nashriyot va teatr ijodkorlari faoliyati bir-biriga juda o‘xshash, deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova.
- Ular xalqimiz uchun ko‘zgu vazifasini bajaradi.  Inson spektaklda ham, chop etilgan kitoblar, badiiy asarlarda ham o‘z aksini ko‘radi. Xalqimizning madaniy hayoti rivojiga hamda  ma’naviy yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan nashriyot xodimlarini chin qalbimdan qutlayman. Zahmatli va sharafli  kasbingizda ijodiy barkamollik, kuch-g‘ayrat, shijoat va eng asosiysi, oilaviy baxt hamisha yor bo‘lsin!  
    San’atimiz fidoiylari tomonidan ijro etilgan monologlar, spektakl qahramonlari nutqidan parchalar hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Musiqa fakulteti talabalari tomonidan kuylangan jozibali qo‘shiqlar tadbir qatnashchilarida unutilmas taassurot qoldirdi.

Beshta muhim tashabbus – amalda!

Joriy yilning 22-iyun kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida katta bayram tadbiri tashkil etildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning amaliyotga tadbiqiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda mutasaddi tashkilotlar, turli soha vakillari, adabiyot va san’at namoyondalari hamda tuman yoshlari  ishtirok etdilar.  
Xalqimiz, jumladan, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar o‘rtasidagi muloqotni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasida yozuvchilarning ham ishtirok etgani o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.  
-  Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob ko‘rgazmalarining muntazam ravishda o‘tkazib borilishi yaqin vaqt oralig‘ida O‘zbekistonimizning tom ma’noda kitobxonlar yurtiga aylanishiga xizmat qiladi, -deydi “O‘zbekiston” NMIU direktori O.Meliev.
Kitob yarmarkasida “O‘zbekiston” NMIU, “O‘qituvchi”, “Sharq”, Cho‘lpon, G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chop etilgan eng sara kitoblar to‘plami namoyish etildi.