Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

“Oltin qalam” sohiblari taqdirlandi

Joriy yilning 3 may kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” saroyida jurnalistika sohasida eng yuksak mukofot – “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot jamiyat hayotidagi dolzarb voqealar muhokamalariga bagʻishlangan sessiyasi uchun Xalqaro Press-klub (rahbari Sherzodxon Qudratxoʻjayev) hamda mamlakatda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili maqsad-vazifalari ijrosi doirasida olib borilayotgan keng qamrovli saʼy-harakatlarni tezkor va tahliliy yoritib kelayotgani uchun “Oʻzbekiston-24” teleradiokanali jamoasiga (direktor Madamin Safarov) nasib etdi.
Televideniye yoʻnalishida jurnalistik material uchun 1-oʻringa “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” axborot-tahliliy koʻrsatuvi (muallif va boshlovchilar: S.Bahodirov, A.Poʻlatov) sazovor boʻldi.
Ushbu yoʻnalishda 2-oʻrinni xalqimizning fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan koʻrsatuvlari uchun “Oʻzbekiston” telekanalining “Munosabat” koʻrsatuvi (mualliflar: Quddus Aʼzamov, Nurali Oripov) egalladi.
Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasining “Xabarlar” informatsion dasturi ijodiy jamoasi (guruh rahbari: Venera Sariyeva)  televideniye yoʻnalishida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot radio yoʻnalishi boʻyicha “Yoshlar” teleradiokanali bosh muharriri Nargiza Kamolova  1-oʻringa loyiq topildi. Ushbu nominatsiyada 2-oʻrinni “Ruxsor FM” radiosi bosh muharriri Avaz Igamberdiyev qoʻlga kiritdi. 3-oʻrin  Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi birinchi toifali muharriri Feruza Oʻktamovaga berildi.
“Eng yaxshi matbuot xizmati” nominatsiyasiga Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev munosib deb topildi.
Matbuot yoʻnalishida Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofotni  “Jahon adabiyoti” jurnali (bosh muharrir Ahmadjon Meliboyev); “Ishonch” va “Ishonch doveriya” gazetalari (bosh muharrir H.Ermatov), “Kitob dunyosi” gazetasi tahririyati (bosh muharrir X.Rustamova), “Pravda vostoka” gazetasi muxbiri Moroz Yuliana qoʻlga kiritdi.
Internet yoʻnalishi boʻyicha  Barno Sultonova (xabar.uz), Kumar Begniyazova-  (kar24.uz), Sayyora Shoyeva (OʻzA) milliy mukofot bilan  taqdirlandilar.