Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

Bosmagacha tayyorlash

af44b0f90a50f09aae9ddb2262098c84.jpgChop etishga tayyorlash (ingl. Prepress) - ko'chma nashriyot tizimlarini qo'llagan holda matbaa buyumlarining elektron andozalarini tayyorlash jarayoni.


Chop etishga tayyorlash bosqichlari:

1. Yakuniy matbaa buyumining dizayni yoki umumiy kontseptsiyasini ishlab chiqish.

2. Dasturiy ta'minotni (sahifalash dasturi) qo'llagan holda buyumning elektron andoza(namuna)sini tayyorlash.

3. Musahhihlar o'qishi/namunaning matn mazmunini to'g'irlash.

4.Chop etish va chop etishdan keyingi uskunaning (rang tanlash, treppingni joylashtirish va h.k.z.) xususiyatlarini hisobga olib, namunaga tegishli o'zgartirishlar kiritish.

5. Rang-sinovni tayyorlash (yakuniy mahsulotning rangli namunasi).

6. Mahsulotning chop etishdan keyingi ishlovlarini hisobga olgan holda, elektron sahifalashni (spusk polos) tayyorlash (chiziqlash, ya'ni bigovka; buklash; kesish va h.k.z.).

7. Ranglarga ajratilgan diapozitivlarni tayyorlash (plyonka chiqarish) yoki chop etish (bosma) qoliplarini  tayyorlash uchun STR uskunasiga elektron sahifa (spusk polos)larni jo'natish.

8. Nashrni chop etish uchun, chop etish uskunasiga bosma qoliplarni tayyorlab berish.



Har bir bosqich ishlab chiqarish zaruratiga ko'ra ish jarayoniga kiritiladi yoki undan chiqarib tashlanadi.