Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

Korxonaning tarixi


Korxonaning rivojlanish tarixi

"O'zbekiston" NMIU - O'zbekistondagi eng yirik nashriyot-matbaa ijodiy uyi  hisoblanadi.  U O'zbekiston matbuot va axborotagentligi tizimiga kiradi. 2004 yili  "O'zbekiston", "Mehnat", "O'zblanknashr" va Toshkent matbaa kombinati bazasida"O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashkil etildi. Uning tarmog'iga  bolalar nashrlari - "Gulxan", "G'uncha" jurnallari, "Tongyulduzi", "Klass" gazetalari tahririyatlari kiradi.
"O'zbekiston" nashriyoti 1925 yili O'rta Osiyo davlat  nashriyoti negizida  O'zbekiston davlat nashriyoti (O'zdavnashr)  sifatida tashkil etilgan. 1964 yili "O'zdavnashr" "O'zbekiston" nashriyoti etib qayta nomlangan. Nashriyot ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy-siyosiy, ilmiy-ommabop, huquqiy, ishlab chiqarish, texnik, qishloq xo'jaligi, ma'lumotnoma va huquq adabiyotlarini nashr etishga ixtisoslashgan edi.

Toshkent matbaa kombinati respublikada eng yirik matbaa korxonalaridan  biri bo'lib, u 1967 yili 3- va 5- bosmaxonalar  negizida  tashkil etilgan. Bu erda  xalq iste'moli uchun zarur bo'lgan matbaa mahsulotlarining barcha turlari ishlab chiqarilgan. "O'zblanknashr" nashriyoti  1922 yili "Ni?co?aoecaao"  nashriyotining O'zbekiston bo'limi  negizida tashkil etilib, barcha turdagi blankalarni, shu jumladan, statistik hisobot  blankalarini ham ishlab chiqargan. 1985 yili tashkil etilgan "Mehnat" nashriyoti iqtisodiy, ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, oliy o'quv yurtlari, umumta'lim maktablari, litseylar, kollejlar uchun darslik va o'quv qo'llanmalar nashr etishga ixtisoslashgan edi.
"O'zbekiston" NMIU O'zbekiston Respublikasi qonunlari va respublika hukumati qarorlarini, boshqa rasmiy materiallar va normativ hujjatlarni nashrga tayyorlaydi va chop etadi. Bu yerda, shuningdek,  ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, yuridik adabiyotlar, umumta'lim maktablari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari uchun darsliklar, uslubiy qo'llanmalar va boshqa o'quv adabiyotlari nashr etadi. Darsliklar o'zbek, rus,qozoq, qirg'iz, turkman, tojik tillarida chop etiladi. Ilmiy-ommabop, badiiy va ma'lumotnoma adabiyotlar, lug'atlar, tasviriy mahsulotlar, fotoalbomlar, bukletlar, prospektlar, kalendarlar, plakatlar, ko'rgazmali qo'llanmalar, jurnallar, gazetalar o'zbek, qardosh va chet tillarida nashr etiladi. "O'zbekiston" NMIUning matbaa bazasida  xalq iste'moli uchun zarur bo'lgan bosma mahsulotlar - turli blankalar, maktab jurnallari, programmalar, qog'oz mahsulotlari bosib chiqariladi. "O'zbekiston" NMIUning gazeta sexida  zamonaviy rangli gazetalar bosiladi. Bugungi  kunda sexda 20 dan ortiq nomdagi gazetalar va jurnallar chiqariladi.



"O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyining bugungi kuni

Nashriyot uyida katta mehnat stajiga va tajribaga ega  yuqori malakali noshirlar, matbaachilar mehnat qiladi. MDH xalqlari tillarida adabiyotlar nashr etuvchi maxsus bo'limi bo'lgan respublikadagi yagona nashriyot uyi hisoblanadi. NMIU juda ko'p xalqaro ko'rgazma va  konkurslarning doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.

NMIU o'z ishlab chiqarish faoliyatida keng doirada eksport-import operasiyalarini amalga oshiradi. Bizning mahsulotlar O'zbekistondan tashqarida ham yaxshi tanish. Chet mamlakatlar bilan ishlab chiqarish aloqalarini o'rnatish bo'yicha doimo ish olib boradi. Sir emas, avvallari fotoalbomlar zamonaviy texnika va professional kadrlar yo'qligi tufayli chet ellarda nashr etilardi. Endilikda "O'zbekiston" NMIU kerakli  quvvatga ega va ushbu jarayonlar bu yerda yuqori texnologik darajada hamda buyurtmachilar uchun maqbul narxlarda bajarib beriladi.

Korxona dunyoning eng zamonaviy kompaniya  va firmalarining yuqori texnologik qurilmalari bilan jihozlangan. 2006yili Moskvada bo'lib o'tgan III xalqaro kitob  yarmarkasida bizning  mahsulotimiz - "Zamonaviy O'zbekiston miniatyurasi" kitob-albomi "Grant-art" nominasiyasi bo'yicha I darajali diplom oldi.