Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

Korxona haqida

Korxona haqida

"O‘ZBEKISTON" nashriyot-matbaa ijodiy uyi - keng tarmoqli va respublikadagi yirik korxonalardan biri. Bu korxonada yuqori malakali noshirlar va matbaachilar ishlaydi. Ijodiy uy o‘zbek, rus, ingliz tillarida ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy-siyosiy, ma‘lumotnoma, texnik, ilmiy-ommabop adabiyotlar, lg‘atlar, tasviriy mahsulotlar - fotoalbomlar, bukletlar, prospektlar, taqvimlar, plakatlar, shuningdek, umumta‘lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar uchun darsliklar va uslubiy qo‘llanmalarni o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirgiz, turkman tillarida chiqaradi. 

Ijodiy uyning ishlab chiqarish majmui jahonga mashhur bo'lgan ishlab chiqaruvchilarning, jumladan, «HEIDELBERG», «KBA», «KOLBUS», «HORIZON», «MАNUGRAPH»,«PERFECTA», «POLAR», «BIELOMATIK» va boshqa qurilmalari bilan jihozlangan bo'lib, ular matbaa xizmatlarining to'liq majmuini yuqori darajada ko'rsatishga imkon beradi.

"O‘ZBEKISTON" nashriyot-matbaa ijodiy uyi quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: 

Nashrni bosmaga to'liq tayyorlash (tahrir, dizayn, terish sahifalash); 
Bosishdan oldingi tayyorgarlik ishlari; 
Тekis va rangli ofset bosmasi 
Bosishdan keyingi jarayonlar (muqovalash, pardozlash) 
Plyonkani presslab qoplash 
Loklash 
Istalgan murrakablikdagi shaklga ega etiketkalar 
Karton o'rovlarini kesib tayyorlash; 
Oq qog'oz mahsulotlari

Agar siz Evropacha sifatdagi matbaa mahsulotini olishni istasangiz "O‘ZBEKISTON" nashriyot-matbaa ijodiy uyiga murojaat qiling.