Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

“Oʻzbekiston” “Gran-pri” sohibi

Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan “Eurasian Book Fair-2019” IV xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan Muxtor Avezovning “Abay” nomli kitobi oliy mukofot – Gran-prini qoʻlga kiritdi. Agentlik tarkibidagi “Oʻqituvchi” nashriyotida chop etilgan Obiddin Mahmudovning “Farzandnoma” kitobi esa “Fan va innovatsiya” nominatsiyasida I darajali Diplom bilan taqdirlandi. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotlariga ham Xalqaro koʻrgazma tashkilotchilarining maxsus Diplomlari topshirildi. 24-27 aprel kunlari “Korme” koʻrgazmalar markazida oʻtkazilgan Yevroosiyo xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasida Rossiya, Xitoy, Eron, Turkiya, Polsha, Belgiya, Ozarbayjon, Latviya, Ukraina, Armaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekistondan jami 90 ta tashkilot ishtirok etdi. Tadbir doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozogʻiston Respublikasining Milliy akademik kutubxonasiga tashrif buyurib, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan, bir yarim million  kitob fondiga ega kutubxona faoliyati bilan tanishdi. Kutubxonaga oʻzbek  noshirlari tomonidan chop etilgan Alisher Navoiy, Aleksandr Pushkin, Chingiz Aytmatov va boshqa adiblarning asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi. Qozogʻistonlik yozuvchi Mergen Toqsanbay, Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Uluqbek Yesdaulet, Qozogʻiston Milliy Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor, Yevroosiyo  milliy universiteti rektori Yerlan Siddiqov bilan muloqot davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  
    Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda oʻtkazilgan III Yevroosiyo xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasida ham “Oʻzbekiston” nashriyoti Nursulton Nazarboyevning “XXI asr arafasida” kitobi uchun Gran-pri mukofotini qoʻlga kiritgan edi.
    Mazkur nufuzli tadbir kitobxonlikni targʻib etish, nashriyotlar, yozuvchilar, madaniy-marifiy muassasalar, kitob savdosi bilash shugʻullanadigan tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash, jahon noshirlik va poligrafiya sanoati tajribasini oʻrganish, yetakchi nashriyotlarning eng yaxshi zamonaviy kitoblar toʻplamini oʻquvchilar va xaridorlarga yetkazish, kitob mahsulotlarini yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarish va tarqatishga doir istiqbolli vazifalarni belgilash hamda xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

"O'zbekiston" kitoblari ko'rgazmalarda

“Oʻzbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi tomonidan 23-aprel - Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni munosabati bilan Toshkent viloyatining Boʻka tumanida joylashgan 32-34-maktablarda kitob koʻrgazma-yarmarkalari tashkil etildi. Unda maktablarning oʻqituvchi va oʻquvchilari, yozuvchi- shoirlar hamda tuman mutasaddilari ishtirok etdilar. Nashriyot tomonidan chop etilgan yangi kitoblar toʻplami va yozuvchi-shoirlar bilan kechgan qizgʻin davra suhbati oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

“Central Asia – 2019: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII xalqaro konferensiya

24 aprel kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida “Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” “Central Asia – 2019” XIII xalqaro konferensiyasi boshlandi. Unda 10 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirda Oʻzbekistonda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga oid Prezident qarori qabul qilingani hamda ushbu qaror ijrosi boʻyicha taʼlim muassasalari kutubxonalarini adabiyotlar bilan taʼminlash, oʻzbek va jahon adabiyoti namunalarining audio variantlarini yaratish, “Bibliobus”lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, QR-kodlar yordamida elektron kitoblardan foydalanish singari muhim ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, AQSH Kutubxona fondi ijrochi direktori Merris Sumrall, Belarus Milliy kutubxonasi direktori Roman Motulskiy va boshqa xalqaro ekspertlar xalqaro konferensiyaning ahamiyati, unda muhokama etilayotgan mavzularning dolzarbligi haqida soʻz yuritdi.