Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
ГОРЯЧАЯ ЛИНИЯ
+99871 244-34-01
ТЕЛЕФОН ДОВЕРИЯ
+99871 244-37-81

Горячая линия

+99871 244-34-01

Рабочее вермя

08:30 - 17:30

Korxona yangiliklari

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag’ishlangan tadbir.

14-fevral kuni jamoamiz bilan Qibray tumanida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 65921 sonli harbiy qismga tashrif buyurdik. Tashrif mobaynida buyuk bobokalonimiz, mumtoz shoir, adabiyotshunos va boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

  Bu olam aro ajab alamlar ko'rdum,
  Olam elidin turfa sitamlar ko'rdum,
  Har kim bu "Vaqoe"ni o'qur, bilgaykim:
  Ne ranju, ne mehnatu, ne g'amlar ko'rdum.

Z.M.Boburning qalamiga mansub mana shunday ajoyib sheriy satrlar va misralarni o'z ichiga olgan, nashriyotimiz tomonidan chop etilgan yangi “Boburnoma” va “Bobur yo’lbars” nomli asarlar yoshlar va harbiylar orasida keng targ’ib etildi. Kitobxonlar ushbu kitoblar orqali Z.M.Boburning hayoti va ijodini yuqori qiziqish bilan o'qib o'rgandilar. Shuningdek, nashriyotimizning eng sara va qiziqarli kitoblari ham kitobxonlarni befarq qoldirmadi.

Kitobxonlarimiz uchun ajoyib yangilik!

Sizga ma’lumki, Prezidentimizning tashabbuslari bilan nashriyotimiz tomonidan 100 jildlik “Rus adabiyoti durdonalari” asarlar majmuasining dastlabki jildlari nashrdan chiqdi. Endilikda, kitobxonlarimiz bu asarlarni savdo do’konlarimizdan ustamalarsiz sotib olishdan tashqari, “O’zbekiston Pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining barcha pochta aloqasi korxonalaridan obuna orqali olishlari mumkin.
Hozirga qadar nashr etilgan jildlar:
1.    Pushkin A.S. – “Bog’chasaroy fantani”, 1-jild
2.    Pushkin A.S. – “Kapitan qizi”, 2-jild
3.    Fonvizin D.I. – “Dumbul boyvochcha”,
4.    Krilov I.A – “Sinchkov odam”,
5.    Griboyedov A.S – “Aqllilik balosi” 4-jild
6.    Gogol N.V. – “O’lik jonlar”, 5-jild
7.    Gogol N.V. – “Dekanko qishlog’I oqshomlari”, 6-jild
8.    Ostrovskiy A.N. – “Sepsiz qiz”, 9-jild
9.    Lermontov M.Yu. – “Qora ko’zlar”, 10-jild
10.    Turgenov I.S. – “Ovchining xotiralari”, 12-jild
11.    Turgenov I.S. – “Arafa”, 13-jild
12.    Tolstoy L.N. – “Asosiy qahramonlarim haqiqat. Qissa, maktublar, xotiralar va hasbi hol”, 14-jild
13.    Tolstoy L.N. – “Tirilish”, 15-jild
14.    Dostoyevskiy F.M. – “Jinoyat va jazo”, 20-jild

“Yoshlar ijod saroyi”da

7-fevral kuni “Yoshlar ijod saroyi”da, Prezidentimizning yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini singdirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan kitoblar ko’rgazmalari, yosh ijodkorlarning yangi kitoblar taqdimotlari, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va she’riy aytishuvlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi hodimlari ham, yoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishga qaratilgan, nashriyotda chop etilgan, o’z vaqtida yoshlarimizning ma’naviyati va ma’rifatini yuksaltirishga hizmat qiladigan ijtimoiy-siyosiy, badiiy va adabiy kitoblar ko’rgazmalarini tashkil etdilar.