Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
ГОРЯЧАЯ ЛИНИЯ
+99871 244-34-01
ТЕЛЕФОН ДОВЕРИЯ
+99871 244-37-81

Горячая линия

+99871 244-34-01

Рабочее вермя

08:30 - 17:30

Korxona yangiliklari

Kitobxonlarimiz uchun ajoyib yangilik!

Sizga ma’lumki, Prezidentimizning tashabbuslari bilan nashriyotimiz tomonidan 100 jildlik “Rus adabiyoti durdonalari” asarlar majmuasining dastlabki jildlari nashrdan chiqdi. Endilikda, kitobxonlarimiz bu asarlarni savdo do’konlarimizdan ustamalarsiz sotib olishdan tashqari, “O’zbekiston Pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining barcha pochta aloqasi korxonalaridan obuna orqali olishlari mumkin.
Hozirga qadar nashr etilgan jildlar:
1.    Pushkin A.S. – “Bog’chasaroy fantani”, 1-jild
2.    Pushkin A.S. – “Kapitan qizi”, 2-jild
3.    Fonvizin D.I. – “Dumbul boyvochcha”,
4.    Krilov I.A – “Sinchkov odam”,
5.    Griboyedov A.S – “Aqllilik balosi” 4-jild
6.    Gogol N.V. – “O’lik jonlar”, 5-jild
7.    Gogol N.V. – “Dekanko qishlog’I oqshomlari”, 6-jild
8.    Ostrovskiy A.N. – “Sepsiz qiz”, 9-jild
9.    Lermontov M.Yu. – “Qora ko’zlar”, 10-jild
10.    Turgenov I.S. – “Ovchining xotiralari”, 12-jild
11.    Turgenov I.S. – “Arafa”, 13-jild
12.    Tolstoy L.N. – “Asosiy qahramonlarim haqiqat. Qissa, maktublar, xotiralar va hasbi hol”, 14-jild
13.    Tolstoy L.N. – “Tirilish”, 15-jild
14.    Dostoyevskiy F.M. – “Jinoyat va jazo”, 20-jild

“Yoshlar ijod saroyi”da

7-fevral kuni “Yoshlar ijod saroyi”da, Prezidentimizning yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini singdirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan kitoblar ko’rgazmalari, yosh ijodkorlarning yangi kitoblar taqdimotlari, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va she’riy aytishuvlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi hodimlari ham, yoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishga qaratilgan, nashriyotda chop etilgan, o’z vaqtida yoshlarimizning ma’naviyati va ma’rifatini yuksaltirishga hizmat qiladigan ijtimoiy-siyosiy, badiiy va adabiy kitoblar ko’rgazmalarini tashkil etdilar.

Jurnalistika sohasiga oid 10 jildlik qo’llanmaning taqdimot marosimi o’tkazildi.

Shu yilning 6-fevral kuni O’zbekston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Jurnalistika sohasiga oid 10 jildlik qo’llanmaning taqdimot marosimi o’tkazildi.
Unda, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilshod Saidjanov, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Mahmudjon Parpiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo’mitasi a’zosi Xurshid Do’stmuhammad, “O’zbekiston” NMIU direktorining nashriyot ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari Mizrob Bo’ronov, O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektori Nozima Muratova hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrillo Karimovlar so’zga chiqdilar.
Taqdimot davomida, ishtirokchilar  Jurnalistika sohasiga oid 10 jildlik qo`llanma haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Jumladan, 5 oy ichida qo`llanmaning tayyor holga kelguncha bo'lgan mashaqqatlar va unga hissa qo'shgan fidoiy insonlar tilga olindi. Shuningdek, olimlar, kitob mualliflari, jurnalistika sohasida faoliyat olib borayotgan hodimlar va albatta mazkur yo'nalishda tahsil olayotgan talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazkur qo`llanma oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonida foydalanish bilan bir qatorda, "Jurnalistning shaxsiy kutubxonasi" sifatida har bir tahririyatda, jurnalistlarning shaxsiy kitob javonlaridan o`rin olishga arziydigan adabiyotlar sifatida tayyorlandi.