Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
ГОРЯЧАЯ ЛИНИЯ
+99871 244-34-01
ТЕЛЕФОН ДОВЕРИЯ
+99871 244-37-81

Горячая линия

+99871 244-34-01

Рабочее вермя

08:30 - 17:30

Korxona yangiliklari

Frankfurtda xalqaro kitob koʻrgazmasi ochildi.  Unda oʻzbek noshirlari ham ishtirok etmoqda.

Frankfurtda xalqaro kitob koʻrgazmasi ochildi. Unda oʻzbek noshirlari ham ishtirok etmoqda. Shu yilning 15 oktyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida anʼanaviy “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob koʻrgazmasi ochildi.
    Besh yuz yillik tarixga ega dunyodagi eng nufuzli mazkur xalqaro kitob koʻrgazmasida Oʻzbekistondan ham vakillar ishtirok etyapti. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi Oʻzbekiston, Gʻafur Gʻulom va “Oʻqituvchi” nashriyotlari hamda Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatayotgan “Mashhur Press” nashriyoti oʻzbek noshirlari mahsulotini koʻrgazmada namoyish etadi.
    Xalqaro kitob koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimida GFR tashqi ishlar vaziri Xayko Maas, Kitoblar koʻrgazmasi direktori Yurgen Boss hamda diplomatik korpus vakillari, elchilar, shuningdek, koʻplab xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan noshir va matbaachilar ishtirok etdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Frankfurt kitob koʻrgazmasi asoschisi sifatida Frankfurt yonidagi Mayntsda yashab oʻtgan birinchi kitob noshiri Iogann Guttenberg eʼtirof etiladi.
    Xalqaro kitob koʻrgazmasi Oʻzbekiston matbaachilik sanoati taraqqiyotining istiqbollarini targʻib etish, oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish va turfa madaniyatlar bilan yaqinroq tanishish imkonini beradi.

“Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob koʻrgazmasi 20 oktyabrga qadar davom etadi.


https://aoka.uz/

«O`zbekiston» NMIU dan yangi nashr!

Nashriyotimiz tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo`ladi" nomli yangi asari nashrdan chiqarildi. Mazkur kitob  Prezident asarlarining 3-jildi hisoblanib, kitob 3 bo`limdan iboratdir.
Asarning birinchi bo`limiga mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so`zlangan nutq va ma'ruzalar kiritilgan.
Kitobning ikkinchi bo`limidan esa xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma'ruzalar, uchinchi bo`limdan yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo`llangan tabriklar o`rin olgan.
Mazkur kitob ko`p ming nusxada o`zbek tilida 20 500 so`m va rus tilida 31 100 dan belgilangan narxda sotuvga chiqarildi.

Tashkent Book Fest

Ayni daqiqalarda xalqaro kitoblar ko’rgazma-yarmarkasi poytaxtimizda joylashgan  Uzexpomarkazning 1-pavilionida bo’lib o’tmoqda.
Siz ham bizga qo’shiling va birinchi xalqaro kitob yarmarkasida ishtirok eting!