Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
ГОРЯЧАЯ ЛИНИЯ
+99871 244-34-01
ТЕЛЕФОН ДОВЕРИЯ
+99871 244-37-81

Горячая линия

+99871 244-34-01

Рабочее вермя

08:30 - 17:30

Korxona yangiliklari

“Mehr-muhabbat dunyoni asraydi!”

“O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining bir guruh xodimlari Toshkent shahar O’Z-ARO ijtimoiy yordam “Mexribonlik” nogironlar jamiyatining Yakkasaroy tumani bo’linmasiga hamda O’zbekiston nogironlar jamiyati Toshkent shahar Olmazor tumani bo’limiga tashrif buyurdilar. “Ezgulikda birlashaylik” va “Mehr-muhabbat dunyoni asraydi!” shiori ostida “Oltin qanot” yosh volontyorlari guruhi bilan hamkorlikda xayriya tadbirida mehribonlik uyidagi bolalarga nashriyotimiz tomonidan sovg’a tariqasida taqdim qilingan jami 100 dona kitob mahsulotlari topshirildi.
    Mehribonlik uyidagi tashkilot a’zolari va bolalar cheksiz quvonchga to’ldilar. Shuningdek, kelgusida ham mana shunday xayriya tadbirlarini amalga oshirib, mamnuniyat bilan kitob sovg’alarini ulashishda davom etilishi va bunday uchrashuvlar muntazam ravishda amalga oshirilishi ta’kidlandi.

“Mo’tabar ayol” ko‘krak nishoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq “Mo’tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ushbu ko’krak nishoniga munosabati bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan aziz ayollarimiz munosib deb taqdirlanadi. 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar  bayrami” arafasida “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimi Raximova Sanoat Fazilovna shunday hurmat va e’tiborga sazovor bo’lgani korxonamiz xodimlarining cheksiz quvonchiga sabab bo'ldi.
    Raximova Sanoat Fazilovna nashriyotimizning fidoiy va jonkuyar hodimlardan biri hisoblanadi. U 1995-yildan 2004-yilga qadar muqovalash sehining fal’sovka mashinasini 2-razryadli risola-muqovalovchisi, 3-razryadli mashinisti lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2004-yildan hozirga qadar nashriyotimizda muqovalash sehining varaqlarni buklash mashinasi mashinisti lavozimida ishlab kelmoqda. Jamoamiz nomidan Raximova Sanoat Fazilovnani ushbu nishon bilan qutlab, kelajakdagi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag’ishlangan tadbir.

14-fevral kuni jamoamiz bilan Qibray tumanida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 65921 sonli harbiy qismga tashrif buyurdik. Tashrif mobaynida buyuk bobokalonimiz, mumtoz shoir, adabiyotshunos va boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

  Bu olam aro ajab alamlar ko'rdum,
  Olam elidin turfa sitamlar ko'rdum,
  Har kim bu "Vaqoe"ni o'qur, bilgaykim:
  Ne ranju, ne mehnatu, ne g'amlar ko'rdum.

Z.M.Boburning qalamiga mansub mana shunday ajoyib sheriy satrlar va misralarni o'z ichiga olgan, nashriyotimiz tomonidan chop etilgan yangi “Boburnoma” va “Bobur yo’lbars” nomli asarlar yoshlar va harbiylar orasida keng targ’ib etildi. Kitobxonlar ushbu kitoblar orqali Z.M.Boburning hayoti va ijodini yuqori qiziqish bilan o'qib o'rgandilar. Shuningdek, nashriyotimizning eng sara va qiziqarli kitoblari ham kitobxonlarni befarq qoldirmadi.