Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

Qo‘mita faoliyatiga bag‘ishlandi

Qo‘mita faoliyatiga bag‘ishlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zolari, deputatlar, jamoat tashkilotlari vakillari, ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining jamoat tashkilotlari bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, Qonunchilik palatasi Axborot xizmati rahbari H.To‘laganov va boshqalar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga keng tatbiq etish, jamoat tashkilotlarining faoliyati uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan parlament palatalarining 2015-yil 23-yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida qonun loyihalarini davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlarining turli bo‘g‘inlarida keng muhokama etishni ta’minlash, qonun ijodkorligiga oid ishlarni sifat jihatdan yanada takomillashtirish, to‘plangan tajribani xorijiy huquqiy amaliyot bilan qiyosiy tahlil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Parlament quyi palatasi qo‘mitalari, jumladan, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi qonun ustuvorligini ta’minlash, saylov qonunchiligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga faol hissa qo‘shdi.

2015-yilda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga oid ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu sohadagi qonunchilik istiqbollari, tizimga oid manzilli dasturlar ijrosi bo‘yicha tashkil etilgan tadbirlarda qonun ijodkorligi jarayoni samaradorligini ta’minlash, tayyorlangan qonun loyihalarining sifatini oshirish, shuningdek, qabul qilingan qonunlarni hayotga tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda qo‘mitaning istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berildi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

 

O‘zA

: 439 : Sunday 10 Iyul 2016