Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

"Kitob – yo`lchi yulduzimiz"

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar tizimidagi  “O‘zbekiston” NMIU eng sara kitob mahsulotlari bilan O`zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining  Toshkent shahar  qo`riqlash boshqarmasi binosida tashkil etilgan   "Kitob – yo`lchi yulduzimiz" deb nomlangan kitoblar yarmarkasida ishtirok etdi.  

Mazkur yarmarka O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizmini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g'risida"gi  Qarori hamda 2019 yil 19 mart kunidagi "Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish va uning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish to`g'risida"gi 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

TANLOV!

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining "O`zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi quyidagi talablar bo`yicha:

– ko`p mutolaa qilinadigan;
– zamonaviy;
– yoshlar ma'naviyatini boyitishga xizmat qiladigan;
– jahon adabiyoti bestseller tarjima asarlarga tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar o`z asarlarini joriy yilning 1- oktyabriga qadar A4 formatida qog'ozda Times New Roman garniturasi, 14 shriftda chop qilingan holda hamda elektron variantda nashriyot-matbaa ijodiy uyiga taqdim etishi lozim.
Tanlovga topshirilgan asarlar nashriyot-matbaa uyida tuzilgan badiiy kengash tomonidan ko`rib chiqiladi. Nashr etish lozim topilgan asarlar ijroga qabul qilinadi.

Imkoniyatni qo`ldan boy bermang!

Bizning manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi 30-uy
Telefonlarimiz: (71) 244 21 75,(71) 244 37 81

Baxshilar sarvari

Oʻzbek xalqining dostonchilik sanʼati jahon xalqlari ogʻzaki badiiyati chamanida oʻz nufuzi, mavqeiga ega boʻlgan betakror soʻz sanʼatidir. Bunday sharafga erishishda  atoqli shoir Ergash Jumanbulbul oʻgʻlining qoʻshgan ulushi beqiyos. “Oʻzbekiston” NMIU tomonidan ana shunday zoʻr isteʼdod egasining murakkab kechgan hayot yoʻli va yorqin ijodiga bagʻishlangan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, folklorshunos  Rahim Qodir qalamiga mansub “Baxshilar sarvari” nomli kitob nashr etildi.    
    Oʻzbek folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarif oʻz ilmiy maqolalarida “Ergash shoir dostonlarimizdagi xalqchillikni yana ham badiiy yuksaklikka koʻtarilishida, obrazlarni xarakterli detallar bilan boyitishda, portretlar chizish, tabiiy manzaralar, etnografik faktorlarni jonli va hayotiy tasvirlashda, xalqning til boyligini, folklorning goʻzal va badiiy vositalarini dostonda mumkin qadar toʻla va keng singdirishda barcha xalq shoirlarimizdan ustun turadi. Undagi quvvai hofizaning kuchliligi kishini hayratga soladi. Shoir bir necha yuz ming satrni tashkil etgan oʻnlab dostonlarni yod  bilgan ”, deb yozgan edi.
    Baxshi ijro etgan “Goʻroʻgʻli” turkumiga kiruvchi “Ravshan”, “Qunduz bilan Yulduz”, “Xoldorxon”, “Yakka Ahmad”, “Dalli”, “Kuntugʻmish” kabi dostonlarda qadim ajdodlar va zamonaviy til shunday omuxtalashtirilganki, unda soddalik bilan badiiy tasvirlar benihoyat goʻzal uygʻunlashib, oʻzbek tilining rango-rangligidan, jozibalaridan qalbda ona tilimizga boʻlgan muhabbat tuygʻularini kuchaytirib yuboradi.      
    Kitobda baxshilar sarvari, sultoni Ergash Jumanbulbul oʻgʻlining hayoti va ijodi toʻgʻrisida zamondoshlarining xotiralari jamlanmasi oʻrin olgan. Shoirni koʻrgan, yaqindan bilgan qavm-qarindoshlari, yurtdoshlari, shogirdlarining esdaliklarini oʻqir ekansiz, oʻsha zamonning voqeliklari, Ergash Jumanbulbul oʻgʻlining siymosi va u yashagan davr manzaralari koʻz oldingizda jonlanadi.  Shuningdek, oʻzbek dostonchilik poetik maktabi, uning vakillari – baxshi-shoirlarning  mashaqqatli hayoti, oʻzbek folklorshunoslik fani vujudga kelayotgan dastlabki yillarning qiyinchiliklari, oʻsha davr muhiti bevosita buyuk shoir taqdiri bilan bogʻliq holda aks ettirilgan.    
    “Baxshilar sarvari” folklorimiz va adabiyotimiz ixlosmandlari eʼtiborini qozonadi va koʻngil mulkiga aylanadi, deb ishonamiz. Zero, millatni ulugʻlagan, ulugʻvor gʻoyalarni qadrlab, ilgari surgan, insonlar qalbida goʻzal tuygʻular, xislatlarga muhabbat uygʻotgan ulugʻ shoir xalqimiz xotirasida hamisha barhayotdir.

Xalqaro festivalga tuhfa

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori ana shu noyob sanʼatimizni dunyoga tarannum etish uchun berilgan ulkan imkoniyat, beqiyos gʻamxoʻrlik  namunasidir.  
Milliy dostonchilik va baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va muhabbat tuygʻusini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik, doʻstlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilib, koʻtarinki ruh va yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.
“Oʻzbekiston” NMIU tomonidan “Oʻzbekiston baxshilari” nomli kitob albomining nashr etilishi mazkur xalqaro festivalga oʻzgacha tuhfa boʻldi, desak yanglishmaymiz. Yurtimizda yashab ijod etgan baxshi-shoir va oqinlarning ijodi, ular ijro etgan termalardan namunalar va fotosuratlari jamlangan mazkur albomda Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Bola baxshi, Islom Shoir Nazar oʻgʻli, Qodir baxshi Rahim oʻgʻli kabi 10ga yaqin ustoz baxshilar, Shoberdi Boltayev, Qahhor Rahimov, Qora baxshi Umirov, Abdunazar Poyonov, Yetmishboy Abdullayev,  Gulbahor Aqimbetova kabi 20dan ortiq mustaqillik yillarida “Oʻzbekiston xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan baxshilar haqida toʻliq maʼlumotlar oʻrin olgan.
Shuningdek, ustozlaridan doston aytish sir-asrorlarini oʻrganib, yosh boʻlsada koʻplab yutuqlarga erishayotgan Feruz Normatov, Ilhom Norov, Janibek Piyazov, Lola Mahammaddinova, Salamat Ayapov kabi 5 nafar baxshichilik sanʼatining navnihollari haqida ham qiziqarli materiallar oʻrin olgan.
Mazkur albom taqdimoti xalqaro festival doirasida xorijiy va mahalliy olimlar ishtirokida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda boʻlib oʻtdi.    

Oʻzbekiston  “Nyusmeyker” davlatlar safida

“Oʻzbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi tomonidan Akmal Saidov qalamiga mansub Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning AQSHga ilk rasmiy tashrifi taassurotlariga bagʻishlangan “Oʻzbekiston «nyusmeyker” davlatlar safida» nomli yangi kitob chop etildi.  Ushbu kitobda Muhtaram Prezidentimizning Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari  mazkur mamlakatga amalga oshirgan birinchi rasmiy tashrifi doirasidagi uchrashuvlar, muloqotlar va muzokaralar jarayonlari rasmiy manbalar, milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari maʼlumotlari bilan bir qatorda, unda bevosita ishtirok etgan muallifning shaxsiy qaydlari hamda taassurotlari muhtasar tahlil  etilgan.
“Nyusmeyker” inglizcha   newsmaker soʻzidan olingan boʻlib, “yangiliklar yaratish salohiyatiga ega” degan lugʻaviy maʼnoni anglatadi.  Mazkur kitobda ushbu atama keng maʼnoda, yaʼni shiddatli yangilanishlar boshida turgan – tub islohotlar timsolida yangiliklar yaratishga salohiyatli va qodir ekanini dunyoga ochiq namoyon etayotgan Oʻzbekistonga nisbatan qoʻllanilgan.
Kitobdan oliy darajadagi muloqotlar, imzolangan oʻzaro manfaatli hujjatlar, AQSH Kongressi hamda Davlat departamentidagi uchrashuvlar, Pentagondagi muzokaralar, tarixiy tashrifning xususiyatlari, shuningdek, AQSH prezidenti va davlatiga oid qiziqarli faktlar oʻrin olgan.