Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
ГОРЯЧАЯ ЛИНИЯ
+99871 244-34-01
ТЕЛЕФОН ДОВЕРИЯ
+99871 244-37-81

Горячая линия

+99871 244-34-01

Рабочее вермя

08:30 - 17:30

Korxona yangiliklari

“O‘zbekiston” NMIU umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda

“O‘zbekiston” NMIU umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda

          Davlatimiz mustaqilligining 28 yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik  ishlarida aholining dahldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 17-18 avgust kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashar kuni deb belgilandi. Mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va tozalik ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qarashli “O‘zbekiston” NMIU xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda. Zero, ona yurtimiz obodligi va farovonligi uchun barchamiz mas’ulmiz!

TANLOV!

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining "O`zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi quyidagi talablar bo`yicha:

– ko`p mutolaa qilinadigan;
– zamonaviy;
– yoshlar ma'naviyatini boyitishga xizmat qiladigan;
– jahon adabiyoti bestseller tarjima asarlarga tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar o`z asarlarini joriy yilning 1- oktyabriga qadar A4 formatida qog'ozda Times New Roman garniturasi, 14 shriftda chop qilingan holda hamda elektron variantda nashriyot-matbaa ijodiy uyiga taqdim etishi lozim.
Tanlovga topshirilgan asarlar nashriyot-matbaa uyida tuzilgan badiiy kengash tomonidan ko`rib chiqiladi. Nashr etish lozim topilgan asarlar ijroga qabul qilinadi.

Imkoniyatni qo`ldan boy bermang!

Bizning manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi 30-uy
Telefonlarimiz: (71) 244 21 75,(71) 244 37 81

“O‘zbekiston” NMIU faoliyati sarhisob qilindi

Joriy yilning 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qarashli “O‘zbekiston” NMIU Majlislar zalida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda nashriyot faoliyati va ishlab chiqarish quvvati samaradorligini oshirish, korxona ishchilariga yetarli sharoitlar yaratish, ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish va o‘quv adabiyotlarining sifatini yanada yaxshilash kabi masalalar chuqur muhokama qilinib, istiqbolli rejalar belgilandi.
- Xalqimiz ishonchini oqlash, chekka hududlarga ham kitob va daftar mahsulotlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, ish unumini yaxshilash va xodimlarimizga zarur sharoitlar yaratib berish asosiy vazifalarimizdan, -deydi nashriyot direktori T.Muhammadiyev.
Yig‘ilishda, shuningdek, jamoaga direktorning yangi tayinlangan ishlab chiqarish bo'yicha birinchi o'rinbosari Kambarov Bexzod Abduvasitovich hamda iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari Gadoyev Abror O'tkirovich tanishtirildi.