Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

Mamlakat yangiliklari

Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2015-yil 7-8-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tinchlik va osoyishtalik – taraqqiyot va farovonlik asosi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 29-30-sentabr kunlari Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bo‘ldi.

Eski shaharning zamonaviy qiyofasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 25-avgust kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Naytxart Xyofer-Vissing: O‘zbekiston barqaror va izchil rivojlanayotgan davlat

Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli sheriklaridan biri. 1992-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilgach mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy darajada siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi, o‘zaro munosabatlarning mustahkam shartnomaviy-huquqiy bazasi yaratildi. Barcha sohalarda hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

2015-yil 7-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Sizga mustaqilligimizning 239-yilligi munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigingiz uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida

6-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi ochiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining ochilishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2015-yil 6-avgust kuni ertalab soat 10.00 da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29-iyul kuni Oqsaroyda «Isuzu Motors Ltd.» kompaniyasi raisi Susumi Xosoini qabul qildi.

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27-iyul kuni Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida axborot

2015-yil 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-iyul kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

ShHTning Ufa sammiti

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Prezident Islom Karimov Ufa shahriga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Ufa shahriga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Prezidentining ShHT sammitida ishtiroki to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015-yil 9-10-iyul kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining Ufa (Rossiya) shahrida bo‘ladigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Tashrif samarali bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida 7-iyul kuni Mustaqillik maydonida bo‘ldi.

Hindiston Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 2015-yil 6-7-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Deputatlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar

29-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Parlament quyi palatasining kun tartibiga “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalarini hamda mamlakatimiz huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan boshqa qonun hujjatlarining loyihalarini muhokama etishga doir masalalar kiritildi.

Ishonch yorliqlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 26-iyun kuni Oqsaroyda Malayziya, Jazoir Xalq Demoraktik Respublikasi, Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Dato Norayni binti Abd Hamid, Nosir Busherit, Vinod Kumardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston – BMT: tinchlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida hamkorlik

Avval xabar qilinganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 11-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

BMT bosh kotibi O‘zbekistonga keldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 11-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbekiston – Koreya Respublikasi: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi ufqlari

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27-may kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.

Prezident Islom Karimov Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27-may kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27-may kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi.

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 2015-yil 27-29-may kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi.

Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida:

O‘tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – bizning farzandlik burchimizdir

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda

Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam.

Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan shaxslarga munosib e’tibor qaratish, shuningdek, pensionerlar, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:

1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70-yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:

Mamlakatimizda 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblari nomidan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.

Islom Karimovning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 17-mart kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi parlament muxolifatini e’lon qilish to‘g‘risida axborot

16-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu fraksiyaning parlament ko‘pchiligini tashkil etgan Demokratik kuchlar blokiga nisbatan nuqtai-nazari muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini, “elektron hukumat” tizimi hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida:

Shveytsariya Konfederatsiyasi Prezidenti, tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Dide Burkxalter 2014-yil 21-noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.